Sahifa yuklanmoqda . . .

Rauf Parfi O'zturk Hayoti va Ijodi

Rauf Parfi O'zturk

shoir
tarjimon
muxbir
muharrir
adabiy maslahatchi

27 Sep 1943, Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani Sho'ralisoy qishlog'i da tavallud topgan

28 Mar 2005, Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani Sho'ralisoy qishlog'i da vafot etgan

141 marta ko'rildi


Rauf Parfi O'zturk asarlari:

Barcha asarlari

She'rlari

O'zbek milliy modern she'riyatining asoschilaridan biri va eng yirik vakili. Birinchi she’ri 1957-yilda e’lon qilingan. „Karvon yo’li“ (1968), „Aks-sado“ (1970), „Tasvir“ (1973), „Xotirot“ (1974), „Ko’zlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1991), „Tavba“ (2001) she’riy to’plamlari nashr etilgan. Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi she’rlari bilan tanilgan. Shoir so’zning rang va ohanglaridan, she’riy tasvir vositalaridan o’ziga xos uslubda foydalanadi. She’rlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Mahmud Hodiyning «Ozodlik lavhalari» («Alvohi intiboh»), Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“, A. Dyumaning «Uch sarboz» va boshqa jahon she’riyati klassiklarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Hozircha Rauf Parfi O'zturk haqida to'liq ma'lumot kiritilmadi. Iltimos keyinroq tekshirib ko'ring.

Barcha taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yo'llashingiz mumkin: xabar@tafakkur.ga