Sahifa yuklanmoqda . . .


Eng go'zal qarg'ish

Bir sahroyi ayolning
O'g'ilchasi sho'x ekan.
Undan zarar ko'rmagan
Biror kuni yo'q ekan.

Qozondagi taomin
Tepib qochib ketarkan.
Meshidagi suvini
Sepib qochib ketarkan.

Qarg'ar ekan bolasin
Qilolmasdan epini.
Qirqib qochganida kir
Yoyadigan ipini:

"Hoy, ipimni qirqmagin,
Qalbingga ilm to'lgur.
Hoy, meshimni teshmagin,
Ka'baga imom bo'lgur!

Sichqon dumin kesmagin,
Beozor bo'l, to'g'ri yur.
G'arib yo'lin to'smagin,
Ka'baga imom bo'lgur!"

Demas ekan: "Juvonmarg",
"Haromi", "Maraz", "O'lgur".
Bitta ekan qarg'shi:
"Ka'baga imom bo'lgur!"

Niyat ketdi, vaqt o'tdi,
Misli yel yo shabada.
Shu onaning shu o'g'li
Imom bo'ldi Ka'baga.

Ne-ne shoh-u sultonlar,
Orqasidan turib g'oz.
Unga iqtido qilib,
O'qir edilar namoz.

Duo-la shum boladan,
Chiqdi bir xush nafasli,
Olim, hofizi Qur'on -
Abdurahmon Sudaysiy.

Nazoratda insonning,
Har so'z, har bir nafasi.
Ibrat bo'lsin bizga bu
Allohning mo'jizasi.

Komil inson ko'rdingmi,
Marhabo, bilki, ular - 
Ota-ona, elidan
Duo olgan bolalar.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?



Yangi She'rlar Marhabo Karimova She'rlari Marhabo Karimova asarlari